Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-bosh mezon” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 13 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-bosh
mezon” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining Huquq
va tarbiya fani o‘qituvchisi Alisher To‘raqulovning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan
ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.