Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ichki ishlar organlari xodimlarining imijini shakllantirishda xorij tajribasining ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
15 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Ichki ishlar organlari xodimlarining imijini shakllantirishda
xorij tajribasining ahamiyati” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi
o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining matbuot
kotibi podpolkovnik Farhod Toshboevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul
xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, xodimlarning xizmat intizomi
hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirdi.
“Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi davomida Joriy yilning 1 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar Respublikaning
barcha hududlarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida
targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar o‘tkazilayoganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy
tarkib faol ishtirok etishga chorlab, oylik doirasida barcha aholi qatlamlari o‘rtasida
targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari uqtirildi.
Shuningdek, viloyati IIB boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama qilindi.