9 Oktyabr 2024 yil 369

Surxondaryo viloyati IIBda “Xodima psixolog huzuriga emas-psixolog xodima huzuriga” tamoyili asosidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi Mutaxassis-psixologlari hamda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda “Xodima psixolog huzuriga emas-psixolog xodima huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari tarkibida xizmat qilayotgan xodimalarning xizmat olib borish jarayoni, oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimalar va ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi. 

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimalar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.

Text to speech