Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar tomonidan qonunchilik va xizmat intizomi rioya qilish yuzasidan xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuvlar davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i tomonidan 2024 yil 15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur asosida,
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil
etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida
xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini
olish maqsadida, bugun Termiz shahridagi Yoshlar ishlari agentligi binosida viloyat
ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati
va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati
bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi
tarkibiga kiruvchi sohaviy bo‘lim bo‘linmalarda xizmat olib borayotgan xodimlar
hamda ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib,
bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini,
ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda
mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga
asoslangan keng dunyoqarashini yanada shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli
ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan
shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan xozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka
rioya etmasdan javobgarlikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.
Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz jonajon
O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik,
bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni
muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib,
davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni
shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2023 yil davomida viloyat
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar
asosida tayyorlangan videofilm xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida o‘zlariga
tegishlicha to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga namoyish
etildi.
Namoyish etilgan film yakunida Ichki ishlar
vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
boshlig‘i podpolkovnik Samandarov Qudrat Bazarbaevich hamda Surxondaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi istefodagi podpolkovnik Sharafutdinov
Akram Himoyitdinovichlar so‘zga chiqishib, namoyish etilgan ushbu videofilmdan har
bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘rsida ta’kidlab o‘z
fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati
davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh
xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari
hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.