23 Yanvar 2025 yil 360

Surxondaryo viloyati IIBda “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalarning kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash, o‘z kasbining bilimdonlari va mohirlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ayol xodimalarning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, professional va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ayol xodimalar uch bosqichda sinovdan o‘tkazildi.

1000 metr masofaga yugurish, kompleks mashqlar, "makarov" to‘pponchasini to‘liqsiz qismlarga ajratish, yig‘ish va amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari hamda elektron test sinovi shartlarida bor bilim va ko‘nikmalarini namoyon etgan xodimalar orasidan eng yuqori natijani qo‘lga kiritganlar hakamlar hay’ati ko‘magida saralab olindi.

Ushbu tanlovning “mutloq g‘olibi”- deb, topilgan xodima Mahbuba Po‘latova  tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Text to speech