Surxondaryo viloyati IIBda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosidagi ishlar izchillik bilan davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda viloyat
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining Xotin-qizlar
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog
xodim huzuriga” tamoyili asosida, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning
oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga
borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib,
xodimlar va ularnnig oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Bunda asosiy e’tibor
mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni oldini olishga qaratildi.
Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo
viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimlar bilan psixologik trening va
uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda
maslahatlar berib borilmoqda.