Surxondaryo viloyati IIBda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 27 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” va “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyruqlari talablari asosida joriy yilining 19-avgust kuni, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB hamda shahar-tuman IIB Ekspert-kriminalistika xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu o‘tkazilgan ko‘rik tanlov uchta shart asosida tashkil etilib, unda
ekspert-kriminalist xodimlarining intelektual salohiyati, jismoniy va jangovor
tayyorgarligi hamda xizmatga oid me’yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha yakka
tartibdagi suhbatlar asosida o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlov ishtirokchilari o‘zlarining sohaga oid bilimlari, xizmatga
oid tajriba va malakaviy ko‘nikmalari test asosida sinaldi. Ikkinchi shartga ko‘ra
AKM avtomatidan va PM pistoletlarining to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ishga
doir malakalarini namoyish qilishdi. Shundan so‘ng komissiya a’zolari ishtirokida
ekspertlarning sohaga doir maxsus va kasbiy bilimlariga qay darajada ega ekanliklari,
faoliyati davomida erishgan yutuqlari hamda xizmatga oid me’yoriy hujjatlarning
yuritilishi bo‘yicha yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra, Termiz shahar IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Islom Norbekov birinchi o‘ringa, Denov tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti Olim Vahobov ikkinchi o‘ringa, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Sadriddin Choriyev uchinchi o‘rinni egallab, mazkur uchlik respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Eng namunali ekspert kriminalistika jamoasi” ko‘rik-tanlovida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ko‘rik tanlov g‘oliblari munosib ravishda taqdirlanishdi.