Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyat aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Joriy yilning 23 noyabr kuni, Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on
hamda Sho‘rchi tumanlari fuqarolari uchun
viloyat IIB binosida
navbatdagi sayyor
qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning
muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib,
buning uchun mas’ul xodimlar qatnashishlari
ta’minlandi.
Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami
10 nafar fuqarolarning
murojaatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa,
ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli
sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib alohida nazoratga olindi.