22 Aprel 2024 yil 424

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Muhammad Yusuf-Vatan kuychisi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Muhammad Yusuf-Vatan kuychisi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona-tili va adabiyoti o‘qituvchisi Ra’no Yangiboevaning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Text to speech