Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yashil iqtisodiyot” xususiyatlari va rivojlanish omillari mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 20 yanvar kuni Surxondaryo viloyati
IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor
X.P.Nurmatov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman
IIB shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yashil iqtisodiyot” xususiyatlari va rivojlanish omillari
mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti
iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Esankulov
Abdulla Eshpulatovichning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor X.P.Nurmatov tomonidan shaxsiy tarkibga
o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida ba’zi xodimlarning
yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.