Surxondaryo viloyati IIBda viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi B.B.Babadjanov va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.K.Ismailovlar rahbarligida 10 oyda amalga oshirilgan ishlar, hamda « Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri tanqidiy tahlil asosida muhokama qilindi
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘n oyi
davomida, kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish
borasida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar, erishilgan
yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan video-selektor tarzidagi tezkor yig‘ilish bo‘lib
o‘tdi.
O‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda, viloyat prokurori adliya
katta maslahatchisi B.B.Babadjanov va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.K.Ismailov,
viloyat prokuraturasi mas’ul xodimlari, viloyat IIB boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari,
barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalaridan prokuror va ularning
o‘rinbosarlari, IIB boshlig‘i hamda o‘rinbosarlari,
barcha sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.Ismailov kun tartibiga
qo‘yilgan masalalarni tanishtirib, «Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri davomida
amalga oshirilgan ishlar, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt
oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda
sustkashlikka yo‘l qo‘yib, jinoyatni o‘sishiga sharoit yaratib bergan omillar bo‘yicha
ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil
qilindi.
O‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, tan jarohati,
o‘g‘irlik, firibgarlik, talonchilik, oila turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar,
yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar jinoyatchiligi, ijtimoiy profilaktika sohalari,
tungi vaqtda sodir etilayotgan o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olishda profilaktik
ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi tanqidiy muhokama etildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va quyi tizimlarida yo‘l
qo‘yilgan xato va kamchilliklar qattiq tanqid qilinib, mas’ullarning hisoboti tinglandi,
kelgusida bu boradagi kamchilliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq chora-tadbir
va vazifalar belgilab olindi.
Viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi B.Babadjanov
tomonidan «Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri davomida aniqlangan kamchiliklar,
qizil mahallar, ichki ishlar organlari xodimlari
o‘rtasidagi muomala madaniyat, tartib intizom, qonunchilikka qat’iy rioya qilish
hamda belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oshirish har bir ichki ishlar organi
xodimining asosiy vazifasi ekanligi ta’kidlanib, rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar
berildi.