Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Amir Temur – ma’naviyat va ma’rifat homiysi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 8 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Amir Temur – ma’naviyat va ma’rifat homiysi” mavzusida navbatdagi
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat universiteti akademik litseyi tarix fani oliy
toifali o‘qituvchisi Jaxongir Usmanovning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha
boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar tomonidan ba’zi xodimlarning
yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i bilan bir qator xodimlarga navbatdagi
maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.