Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yashil boyliklar- salomatligimiz va farovon hayotimiz manbai” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Bahtiyor Inoqov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yashil boyliklar- salomatligimiz va farovon hayotimiz manbai” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat universiteti Ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Asadullo Muhammadievning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov
tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya
qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbsari B.Inoqov tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.