Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2023 yil davomidagi ish faoliyati sarhisob qilindi
Joriy yilning 19 yanvar kuni,
Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning
quyi tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2023 yilda amalga oshirilgan
ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan
ustuvor maqsadlar muhokamasi yuzasidan videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi.
Tergov boshqarmasi boshlig‘i
podpolkovnik X.Atanazarov raisligida yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, unda boshqarma
hamda uning quyi bo‘linmalari barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ma’ruzachi
tomonidan tergov bo‘linmalarida 2023 yilda
erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar o‘qib eshittirildi.
Jiddiy xato va kamchiliklarga
yo‘l qo‘ygan tergov bo‘linmalari rahbarlari hamda xodimlariga nisbatan ta’sir choralari
ko‘rilishi belgilandi.
Shu bilan birga yil davomida
yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelgan eng yaxshi tergov jamoasi, eng yaxshi xodimlar,
eng yaxshi ayol xodima, eng yaxshi yosh tergovchilar va namunali xizmat qilib kelayotgan
bir guruh xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Yig‘ilish yakunida Tergov
boshqarma boshlig‘i podpolkovnik X.Atanazarov yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini
olish, tergov sifatini oshirish yuzasidan tergov bo‘linmalari boshliqlariga manzilli
topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga, bugungi kunda
tergov bo‘linmalari xodimlari oldiga qo‘yilayotgan talablarga mos ravishda mas’uliyatni
yanada kuchaytirish hamda kadrlarni bilim saviyasini oshirish hamda xizmat va ijrochilik
intizomiga rioya etishga qaratilgan qator vazifalar belgilab berildi.