23 Fevral 2024 yil 412

Surxondaryo viloyati IIB tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish yuzasidan xodimlar hamda ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar Qiziriq va Bandixon tumani IIBlarida tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2024 yil 15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, bugun Qiziriq tumani Hokimligi binosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda joriy yilning 21 fevral kuni Qiziriq va Bandixon tumani IIBlarida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashini yanada  shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan xozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etmasdan javobgarlikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.

Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida 2023 yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar asosida tayyorlangan videofilm xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga namoyish etildi.

Namoyish etilgan film yakunida Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Samandarov Qudrat Bazarbaevich hamda xodimlarning oila a’zolari so‘zga chiqishib, namoyish etilgan ushbu videofilmdan har bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘rsida ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech