Surxondaryo viloyati IIB tomonidan Angor va Muzrabot tumani IIBlari xodimlari orasida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish yuzasidan xodimlar hamda ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2024 yil 15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur
asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash,
kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini
oldini olish maqsadida, bugun Angor tumanidagi Madaniyat uyi hamda Muzrabot tumani
Hokimligi binosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda
joriy yilning 19 fevral kuni Angor tumani IIB hamda Muzrabot tumani IIBlarida xizmat
olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil
etildi.
Dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib,
bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini,
ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda
mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga
asoslangan keng dunyoqarashini yanada shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli
ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan
shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan xozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka
rioya etmasdan javobgarlikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.
Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz
jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik,
bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni
muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib,
davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni
shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2023 yil davomida
viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy
holatlar asosida tayyorlangan videofilm xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida
o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga
namoyish etildi.
Namoyish etilgan film yakunida
Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati
bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Samandarov Qudrat Bazarbaevich hamda
Angor tumani ichki ishlar bo‘limi Faxriylar kengashi raisi istefodagi mayor Begimqulov
Abdug‘affor Salomovichlar so‘zga chiqishib, namoyish etilgan ushbu videofilmdan
har bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘rsida ta’kidlab
o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati
davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh
xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari
hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.