Surxondaryo viloyati IIB tizimida xizmat qilayotgan xodimalar bilan psixologik-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Surxondaryo
viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda amaliyotchi
psixologlari tomonidan IIOlari tizimida xizmat qilayotgan xodimalar bilan psixologik
trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Unda
xodimalarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat
vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari,
ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini
anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy,
ma’naviy-ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi
buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf
etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.