Surxondaryo viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 02 noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga
tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning
xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy
fazilatlarga ega erkak nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish
istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
-doimiy yashash joyi
bo‘yicha Surxondaryo viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan
(muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan
kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish)
santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini
tamomlaganlar;
- IIV Akademik litseylar
va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari;
- Xizmat majburiyatlarini
bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar
https://kb.iiv.uz/ sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
Joriy yilning 18-iyul kunidan 23-iyul kuniga qadar murojaat
qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining telegram rasmiy sayti, viloyatdagi
boshqa ommaviy axborot vositalari yoki 76-224-15-76, 90-076-12-42 telefon raqamlari
orqali olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi
bo‘lgan fuqarolar 2025-yil 18-iyul kunidan 23-iyul kuniga qadar https://kb.iiv.uz/ portal orqali ro‘yxatdan
o‘tishlari talab etiladi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati.