Surxondaryo viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va
jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga
qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega erkak
nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini
bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
-doimiy yashash joyi bo‘yicha Surxondaryo viloyati
hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik
chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta
bo‘lmagan;
- bo‘yi 175 (bir yuz yetmish besh ) santimetrdan past
bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganlar;
- IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar
bitiruvchilari;
- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok
bo‘lgan Ichki ishlar organlari
xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar https://kb.iiv.uz/ sayti orqali faqat
onlayn tarzda qabul qilinadi.
Joriy yilning 17-may kunidan 27-may
kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va
ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasining telegram rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy
axborot vositalari yoki 76-224-15-76, 90-076-12-42 telefon raqamlari
orqali olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2025-yil 17-may kunidan 27-may kuniga qadar https://kb.iiv.uz/ portal orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati.