Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi hamda xorijiy ta’lim muassasalariga 2024-2025 o‘quv yili uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga:
Akademiyaga o‘rta,
o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki
ishlar organlari va tizimlarida safdorlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida xizmatni
o‘tayotgan o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinadi.
Fuqarolar hamda ichki
ishlar organlarning safdor va serjantlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tayotgan
xodimlar uchun Akademiyaga yoshi o‘n sakkizdan kichik
va yigirma beshdan katta bo‘lmagan.
O‘qishga o‘rta va
o‘rta-maxsus ma’lumotli, bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan jismonan sog‘lom yigitlar,
160 sm.dan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.
Akademiya ichki ishlar
organlari uchun oliy ma’lumotli huquqshunos kadrlar tayyorlaydi.
O‘qish muddati 3 yil.
Tinglovchilar bepul
oziq-ovqat, maxsus kiyim-kechak, yotoqxona bilan ta’minlanadilar va stipendiya oladilar.
Akademiyaga kiruvchilar
“Tezkor qidiruv faoliyati”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jinoiy
jazolarni ijro etish faoliyati” “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash”
“Tashkiliy shtab faoliyati” va “Ekspert-kiriminalistika faoliyati” mutaxassisliklari
bo‘yicha, kirish imtihonlarini abuturientlar o‘z xohishiga ko‘ra davlat yoki rus
tilida topshirishlari mumkin.
Imtihonlar 1 iyuldan
15 iyulgacha o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi hamda
xorijiy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2024 yilning 15 fevral kuniga qadar Surxondaryo
viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki
ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga murojaat etishlari va qabul tartibi bo‘yicha (76) 224-15-76 telefon raqami
orqali to‘liq ma’lumot olishlari mumkin.
VILOYAT IIB MMIvaKBTX .