8 Yanvar 2025 yil 483

Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida viloyat IIB Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarini mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida rahbar xodimlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, ularga xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylilikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tuman IIB va sohaviy xizmatlarda tashkil etilmoqda.

Text to speech