28 Oktyabr 2025 yil 106

Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tumani IIBda qonunchilik va ijro intizomi hamda 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sodiqjon Safarov hamda Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shodievlar ishtirok etib, tuman hududida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomidi tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish hamda korrupsion jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muhokama yig‘ilish yakunida, ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tizimga aylantirish, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Text to speech