18 Oktyabr 2025 yil 74

Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Sariosiyo tumani IIBda qonunchilik masalalari hamda 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shodiev ishtirok etib, tuman hududida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomidi tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligin ta’minlash, xodimlar o‘rtasida xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish hamda korrupsion jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muhokama yig‘ilish yakunida, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida eng faol xizmat olib borgan tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech