Surxondaryo viloyati IIB xodimlari o‘rtasida sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga sportning qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi turlari, shuningdek, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, og‘ir atletika, suvda suzish, sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlaridan mashg‘ulotlar o‘tkazilib boriladi.
Bugun o‘tkazilgan sport mashg‘ulotida, viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadarlar bilan ta’minlash xizmati
boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shodiev ham ishtirok etdi. Unda sportning inson
salomatligini ta’minlashda hamda ish unumdorligini oshirishdagi o‘rni haqida
so‘z olib bordi.
Bu o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning
tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik
shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy
kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona
qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori
ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini yanada
oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.