12 Noyabr 2024 yil 453

Surxondaryo viloyati IIB xodimlari bilan navbatdagi sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga sportning qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi turlari, shuningdek,  sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, og‘ir atletika, suvda suzish,  sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlaridan mashg‘ulotlar o‘tkazilib boriladi.

Bu o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech