Surxondaryo viloyati IIB xodimlari bilan yakka tartibdagi psixoprofilaktik suhbatlar davom etmoqda.
Surxondaryo
viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik
ta’minlash guruhi Mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning
xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlarning
xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy
muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini
o‘rganish maqsadida xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.
Bunda asosiy
e’tibor, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib
chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi
ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini
yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda
ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy
profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.
Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik
suhbatlar ham o‘tkazilib, ularning olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish maqsadida,
test sinovlari olindi.