Surxondaryo viloyati IIB xodimlari bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga sportning qo‘l
jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi turlari, shuningdek,
sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, og‘ir atletika, suvda suzish,
sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlaridan
mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bu o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning
tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini
shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish,
kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, tezkorlik,
shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak
ma’naviy-ruhiy sifatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.