Surxondaryo viloyati IIB xodimlari o‘rtasida sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga sportning qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi turlari, shuningdek, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, og‘ir atletika, suvda suzish, sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlaridan mashg‘ulotlar o‘tkazilib boriladi.
Bugun o‘tkazilgan sport mashg‘ulotida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari,
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadarlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik
Sh.Shodiev ham ishtirok etdi. Unda sportning inson salomatligini ta’minlashda hamda
ish unumdorligini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z olib bordi.
Bu o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.