Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning navbatdagi “Ommaviy sayyor qabuli” bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan qabulda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabuli” jarayonida fuqarolar
tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, yo‘l harakati xavfsizligi, oila turmush
doirasidagi nizolarga barham berish, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli ichki
ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning
o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar
berildi.
Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.