Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida, Denov tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida jinoyatning kelib chiqish sabab va omillari muhokama qilindi
Joriy yilning 14 fevral kuni Denov tadbirkorlik
va pedagogika instituti binosida, tumanda oila turmush doirasida, voyaga yetmagan
yoshlar tomonidan sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan
tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich, tuman hokimi Abrorov Ilhom
Ibragimovich, tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilot vakillari, ta’lim
muassasalarning mas’ullari, mahalla yettilik vakillari va nazorat ostidagi shaxslar,
keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabab va shart-sharoiti
haqida boshqarma boshlig‘i yig‘ilish ishtirokchilariga qisqacha ma’lumot berib,
jinoyatga sabab bo‘lgan har bir holat tahlil etilib bunda oiladagi muhit, ta’lim
dargohlari, qo‘ni – qo‘shni, mahalla ko‘y, qarindoshlarning ham salbiy ta’siri ta’kidlandi.
Viloyat IIB boshlig‘i jinoyat sodir etishga
moyil bo‘lgan fuqarolar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan mexanizmni
harakatga keltiruvchilari mahallalardagi “yettilik” vakillari bir yoqadan bosh chiqarib,
hamjihatlikda faoliyat yuritmasligi ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘lishini hayotiy
misollar bilan keltirdi.
Shu asnoda mahalladagi yettiligiga hududda kelib
chiqayotgan muammo va turli nizolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularni bartaraf etishga
mas’ul ekanliklari uqtirilib zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Aytish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi doirasida, huquqbuzarliklar
profilaktikasini amalga oshiruvchi organ hamda muassasalar ishtirokida jinoyat sabablarini
o‘rganish, ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf
etish masalalarini joyiga chiqqan holda «mahallabay» va «sohabay» muhokama qilish
tartibi joriy etilgan.
Bu amaliyot avvalo hududdagi kriminogen vaziyatni
yaxshilash va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillarining ogohligi daxldorligini
oshirishda ayni muddao sanalmoqda.