Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Joriy yilning 19 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Nurli diyor”, “Dehqonobod” mahallalarida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani
xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi masalalariga
alohida urg‘u berildi. Boshqarma boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan
chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini uqtirdi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli
qarori ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika
hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib,
bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf
etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida, boshqarma boshlig‘i tomonidan mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.