Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Muzrabot tumanida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Muzrabot tumanidagi “Bog‘i eram” hamda “Mehnat obod” mahallalariiga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga
alohida urg‘u berildi. Viloyat IIB boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan
chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi
PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida
amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari mahalladagi “Tikuvchilik sexi” faoliyati
bilan tanishib, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlar bilan yaqindan tanishib, ularning muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuv yakunida, tuman mas’ullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.