Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Termiz tumanida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.
Bugun Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Termiz tumanidagi “Ayritom” hamda “Istiqlol” mahallalariga tashrifi davomida, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar
sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish, ishsizlar
sonini kamaytirish, fuqarolarning kiber jinoyatlar qurboni bo‘lib qolishining oldini
olish, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ruhiy kasallar bilan ishlash borasida
ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga
alohida urg‘u berildi. Viloyat IIB boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan
chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi
PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida
amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv davomida, tuman hamda viloyat IIBdan biriktirilgan
mas’ullarga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni
amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla
hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va
ko‘rsatmalar berdi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘ining o‘rganish manzili
Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi
guruhi binosi bo‘lib, u yerda bino va hududning tozaligi, fuqarolar uchun yaratilgan
shart-sharoitlar, tegishli ish hujjatlari ko‘zdan kechirilib, tuman IIB JXX Yo‘l
harakati xavfsizligi guruhi katta inspektorinig tuman hududida yo‘l transport hodisalarining
oldini olish yuzasidan taqdimoti tinglandi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tuman IIB mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.