Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning galdagi “Ommaviy sayyor qabuli” o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan qabulda, viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari
ishtirok etdi.
“Ommaviy sayyor qabuli” jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga
qabul qilish, sog‘ligini tiklash masalasida
moddiy yordam berish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va boshqa turli ichki
ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa,
ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa
tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan
alohida nazoratga olindi.