11 Avgust 2025 yil 163

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Boysun tumanida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Joriy yilning 11 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Boysun  tumanidagi “O‘rta machay” mahallasiga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi o‘rganildi.

Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga alohida urg‘u berildi. Viloyat IIB boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganilib, bu borada  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida, tuman mas’ullariga mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish  lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech