8 Sentyabr 2024 yil 316

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning galdagi “Ommaviy sayyor qabuli” o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan qabulda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

“Ommaviy sayyor qabuli” jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, IIV Surxondaryo akademik litseyiga o‘qishga tiklash, sog‘ligini taklash masalasida moddiy yordam berish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Text to speech