10 Avgust 2024 yil
346
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadievning aholi murojaatlariga bag‘ishlangan qabuli bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan qabulda Ichki ishlar boshqarmasining tegishli sohaviy xizmat
mas’ullari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, moddiy
yordam va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan o‘z muammolari
bilan murojaatlari tinglandi.
Mazkur masalalar ko‘rib chiqilib, barcha murojaatlar nazoratga olindi va
bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Muddat talab etuvchi fuqarolarning murojaatlari ijrosini
nazoratga olish borasida mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berilib, tegishli chora-tadbirlar
belgilab olindi.