13 Yanvar 2025 yil 480

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Uchqun Yakubov huzurida Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlarida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar sarhisob qilindi.

Ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keyingi yillarda sohani xalqparvar tizimga aylantirishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Buning natijasida ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasidagi roli tobora oshib bormoqda. Eng muhimi, ichki ishlar organlari xodimlarining xalq ichiga kirib borishlari sezilarli darajada o‘sib borishi kuzatilmoqda.

Surxondaryo viloyati  IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Uchqun Yakubov huzurida 2024 yilning 12 oyi davomida Angor, Muzrobot hamda Sherobod tumanlarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham ayni jihatlar e’tirof etildi.

Shu bilan birga o‘tgan bir yil davomida bu borada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar chuqur tahlil qilindi. Viloyat va Angor, Muzrobot hamda Sherobod  tumanlari mas’ullari ishtirok etgan muhokamada  har bir hududni, mahallani jinoyatdan holi manzilga aylantirish borasida hamkorlikda amalga oshirish lozim bo‘lgan takliflar o‘rtaga tashlandi.

Negaki, har qanday huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasidagi harakatlar avvalo, mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois har bir profilaktika inspektori “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” shiori ostida harakatlanishi va bu borada kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kuch va vositalarning ko‘magida amaliy ishlarga qo‘l urishi lozimligi ta’kidlandi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda, o‘tgan bir yil davomida xududlarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olishda mahallabay, fuqarobay ish tizimidan foylanish va boshqa vazifalar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech