16 Aprel 2024 yil 245

Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi sport mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentabr kunidagi "Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i asosida navbatdagi sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sport mashg‘ulotlariga jalb qilingan malakali sport mutaxassisi tomonidan shaxsiy tarkibning xizmat vazifalariga mos jismoniy yuklamalarni bajara olishlari, chidamliligi va tezkorligini oshirish, shuningdek shaxs va jamiyatga bo‘lgan tajovuzlarni oldini olish maqsadida sportning qo‘l jangi va sambo turlari bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Text to speech