4 Iyun 2024 yil 400

Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan galdagi sport mashg‘uloti o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentabr kunidagi "Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i asosida navbatdagi sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sport mashg‘ulotlari avvalida, yugurish, tanani chiniqtirish, to‘singa tortinish, to‘siqlar osha yugurish va boshqa mashg‘ulotlar o‘tashdi.

Shundan so‘ng, sport mashg‘ulotlariga jalb qilingan malakali sport mutaxassisi tomonidan shaxsiy tarkibning xizmat vazifalariga mos jismoniy yuklamalarni bajara olishlari, chidamliligi va tezkorligini oshirish, shuningdek shaxs va jamiyatga bo‘lgan tajovuzlarni oldini olish maqsadida sportning qo‘l jangi, sambo va boshqa turlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Text to speech