21 Yanvar 2025 yil 518

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-mart kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 21 yanvar kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan ayol xodimalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qizg‘in jarayonlarga boy tarzda o‘tkazilgan musobaqada faxrli uchinchi o‘rinni “Xumo” jamoasi,  ikkinchi o‘rinni “Yoshlar” jamoasi, birinchi o‘rinni “Adolat” jamoasi qo‘lga kiritib, respuplika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.    

Albatta bu kabi tanlovlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga yanada yordam beradi.

Text to speech