Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 8-avgust kunidagi 232-son bo‘yrug‘i hamda 2025-yil 3-may kunidagi 2/2720-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida
mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan
tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarini
mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga hamda ularning saf tayyorgarlik
darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan
kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida viloyat Ichki ishlar organlarining
barcha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, saf ko‘rigida
ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida,
safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini
mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, xodimlarning
o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, ularga xizmat intizomiga amal qilish
va qonuniylilikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning
barcha shahar-tuman IIB va sohaviy xizmatlarda tashkil etildi.