Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning
psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
Bundan ko‘zlangan
maqsad xodimalarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda
tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy
sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining
muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishga
qaratilgan.
Surxondaryo viloyati
IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.