Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan navbatdagi “Ommaviy sayyor qabul”i Uzun tumanida tashkil etildi.
Mamlakatimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan
yashash, ularning muammolarini o‘rganish va
bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan
yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash
har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza
va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur
o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya
qilish, hafta davomida kundalik mehnat foliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik
yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki
ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida,
2025 yil 13 aprel kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Timur Ismailov tomonidan Uzun tumani Madaniyat bo‘limi 46-son “Uzun” Madaniyat markazi
binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul”i o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari,
tuman hokimi Habibullo Bozorov va tuman IIB mas’ullari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul”
davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ichki ishlar organlari tizimiga
ishga tiklanish, ishga qabul qilish, yo‘l harakati xavfsizligi, moddiy yordam, oila
turmush doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi
va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.