Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, Vatan taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish borasidagi ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan yurtimizda ayollarni asrab-avaylash, ularga
hurmat ehtirom ko‘rsatish, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilalarning
barqarorligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar
kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini ta’minlagan holda, joriy yilning
7 mart kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar
kuni bayrami yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilib
kelayotgan xodimalar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning
oila a’zolari hamda Viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy xodimalari ishtirok
etishdi.
Bayram tadbirida viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov ishtirok etib, sana munosabati bilan barcha ayollarni muborakbod etdi.
Shundan so‘ng,
xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimalar orasidan
Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan xotin-qizlarning 1 nafari “A’lo xizmatlari
uchun”, 1 nafari III darajali Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun
ko‘krak nishoni”, 2 nafari Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan, 2
nafari Ichki ishlar vazirining “Esdalik qo‘l soati”, 1 nafari ichki ishlar vazirining
“Pul mukofotlari” bilan taqdirlangan bo‘lsa, 1 nafar xodima ayolga muddatidan oldin
“katta leytenant” maxsus unvoni bilan berildi.
Bundan tashqari, viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan barcha xodimalarga bir martalik pul mukofoti hamda viloyat IIB birlashgan Kasaba uyushmasi kengashining esdalik sovg‘alari bayram tadbiriga tashrif buyurganlarga topshirildi.