Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Brifing bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 mart kunidagi “Transport va turizm ob’ektlarida
jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali
tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4229-sonli
Qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida Xavfsiz
turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilganligi haqida Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i mayor Farrux Qodirov tomonidan ma’lumot berib borildi.
Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida, Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasi xodimlarining xizmatda foydalanishlari uchun 4 ta yengil avtomashina,
5 ta motosikl, 1 ta avtobus, 5 ta skuter va 6 ta sigvey kabi zamonaviy transport va harakatlanish vositalari bilan ta’minlanganligini
qayd etdi.
Viloyat hududidagi turizm namoyishi
ob’ektlarida 4 ta “Tourist police” ko‘chma ma’lumotlar markazi ya’ni butkalar o‘rnatilgan,
bular Termiz shahridagi San’at saroyi, Arxeologiya muzeyi, Termiz tumanidagi “Al
Hakim At-Termiziy” va Sherobod tumanidagi “Abu Iso Muxammad Imom At-Termiziy” majmualarida
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ajratilgan bo‘lib, doimiy
ravishda xizmat olib borilmoqda.
Shuningdek, Ichki ishlar
vazirligining maxsus fondi hisobidan Termiz shahri “Yulduz” mahallasi hududidan
2 qavatli zamonaviy jihozlangan xizmat binosi qurib bitkazildi, ushbu binoda xodimlar
xizmat olib borishlari uchun kompyuter jamlanmalari va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan
alohida xonalar hamda situatsion markazi tashkil etilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchi
turistlarning viloyat hududiga kirib kelishidan tortib, qaysi mehmonxonaga joylashib
“Ye-mexmon” bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi, sayyohlik ob’ektlariga borishi va qaytib
chiqib ketishlari doimiy ravishda nazorati olib boriladi.
Hozirgi kunda,
ushbu situatsion markaziga viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi ob’ektlari, mehmonxonalar,
aholi gavjum bo‘lgan joylar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari
integratsiya qilingan bo‘lib, doimiy ravishda nazorati olib borilmoqda, qolaversa
sutkalik navbatchilik asosida xizmat olib
borish davomida viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar tomonidan kelib
tushayotgan murojaatlari o‘z vaqtida qabul qilinib, tegishli yordamlar ko‘rsatib
kelinadi.
Bundan tashqari, Xavfsiz turizmni
ta’minlash xizmati faoliyatini aks ettiruvchi rus va ingliz tillarida hamda xodimlarning
kerakli telefon raqamlari ko‘rsatilgan tarqatma bukletlar tayyorlangan bo‘lib, tashrif
buyuruvchi sayyohlarga qulay va tez fursatda zaruriy yordamlar ko‘rsatish maqsadida
tarqatilib kelinmoqda.
Misol o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Afg‘oniston
Respublikasi fuqarosi Mubariz Sohrab uyali telefonini yo‘qotib qo‘yganligi, Braziliya
fuqarosi Paulo Katsuragi o‘zining pasporti, shaxsiy va pul buyumlarini yo‘qotib
qo‘yganligi, Afg‘oniston Respublikasidan tashrif buyurgan xakam Ahmat Yama
Samak hakamlik sertifakati yo‘qotib qo‘yganligi, Afrika kurash tashkiloti vitse-prezidenti
Fransis Yafalining buyumlari solingan sumkasi, Belarussiyalik sportchi Jukov Igorning
qimmatbaho qo‘l soati va Azarbayjonlik sportchining uyali qo‘l telefon apparati
yo‘qotib qo‘yganligi va yana shu kabi turistlar tomonidan bir qancha qilingan murojaatlari
yuzasidan, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan yo‘qotilgan
narsa va buyumlari topib berilib o‘z egalariga qaytarilgan, ushbu ko‘rsatilgan yordamlardan
tashrif buyuruvchi sayyohlar o‘z minnatdorchiliklarini bildirganligi qayd etildi.