Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan navbatdagi “Ommaviy sayyor qabul”i tashkil etildi.
Yurtimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har-bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan
sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan
bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish,
fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik
mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilarning
Ichki ishlar organi rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida,
2025 yil 19 iyul kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Timur Ismailov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jarqo‘rg‘on tumanidagi
Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul”i
o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari,
tuman mas’ullari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul”
davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ichki ishlar organlari tizimiga
ishga tiklanish, ishga qabul qilish, ichki ishlar tizimiga ishga qayta tiklash,
yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, oila turmush doirasidagi
nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar
yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga olindi.