Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik tanlovi e’lon qilinadi
Tanlovda egallab turgan lavozimidan qat’i nazar psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega IIB xodimlari, shahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishlari mumkin
Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:
Hududiy saralash bosqichi – sentabr oyida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi,
uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida;
Respublika bosqichi – oktabr-noyabr oylarida hududiy saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan xodimlar
o‘rtasida.
Tanlov quyidagi shartlar asosida
o‘tkaziladi:
a) ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga
qaratilgan faoliyatlari;
targ‘ibot-tashviqot ishlari (OAVda
e’lon qilingan materiallar, gazeta va jurnallardagi maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning trening, seminar,
konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi
psixolog” tashrif qog‘ozi videoroligi;
v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan
g‘oya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari;
g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan
sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya sohasiga tegishli ichki
idoraviy hujjatlar bo‘yicha savol-javoblar;
psixologiya sohasi bo‘yicha savol-javoblar.
Respublika (viloyat) bosqichida
g‘olib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining (viloyat Ichki ishlar boshqarmasining)
diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.
Bundan tashqari, tanlovning respublika
bosqichi g‘olib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
amaldagi intizomiy jazo chorasini
muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida bekor qilish;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus
unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan mustasno);
psixologiya sohasida malakasini
oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi
“22 noyabr – Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladi.
Ushbu tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan IIB xodimlari
2025 yil 15 avgust kunidan 30 avgust (shu kuni ham) kuniga qadar Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik
ta’minlash guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun: +(99891)-583-32-64