4 Yanvar 2024 yil 1213

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari davom etmoqda

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 10 dekabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 11 dekabr kunidan 2024 yilning 11 yanvar kuniga qadar Janubiy-operativ qo‘mondonligi tasarrufiga kiruvchi harbiy qism o‘quv bazasida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘iniga jalb etilgan viloyat ichki ishlar organlarining  ofitserlik va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan xodimlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari hamda amaliyotchi psixolog S.Sayidaxmedova hamkorligida xodimlarga fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional-ekspressiv harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ular o‘rtasida qiziqarli psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shuningdek, mazkur o‘quv yig‘inini tashkil etishdan asosiy maqsad, viloyat ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlarning fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyati hamda jangovar shayligini oshirish, qolaversa, vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iboratdir.

Text to speech