Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi “Ommaviy sayyor qabuli” bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan aholining muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza
va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur
o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya
qilish, hafta davomida kundalik mehnat foliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik
yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan
ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, 2025 yil 3 avgust kuni Surxondaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov tomonidan Surxondaryo
viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida jismoniy va
yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul” o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli
sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv,
ishga qabul qilish, ishga qayta tiklash, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni
rasmiylashtirish, modiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish,
mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa bir qator ichki ishlar sohasiga
oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan
murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi
sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga
olindi.